Savdo va sarmoyalar

Erkin iqtisodiy zonalarda keng imkoniyatlar

Bugungi kunda respublikamiz hududida 7 ta, ya’ni “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” hamda “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalari (EIZ) faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur EIZlarda ishlab chiqaruvchilarga keng va qulay imkoniyatlar yaratilgan, jumladan

  • yer solig‘i, daromad solig‘i, yuridik shaxslar va mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, shuningdek, respublika yo‘l jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmlardan;
  • mamlakatimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan va loyihalarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha chetdan keltiriladigan qurilish materiallarini bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtirish yig‘malari bundan mustasno);
  • o‘zining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, xom-ashyo, materiallar va butlovchi buyumlarni bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi (bojxona rasmiylashtirish bundan mustasno).

Mazkur imtiyozlar kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab 3 yildan 10 yil muddatgacha, jumladan:

  • 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar – 3 yil muddatga;
  • 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar – 5 yil muddatga;
  • 5 million AQSH dollaridan 10 million AQSH dollarigacha hajmdagi investitsiyalar – 7 yil muddatga;
  • 10 million va undan ko‘p AQSH dollari hajmidagi investitsiyalar so‘nggi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad solig‘I va yagona soliq to‘lovi stavkalari qo‘llangan holda – 10 yil muddatga beriladi.

Yo‘lga qo‘yilgan keng imkoniyatlardan foydalaning. Batafsil ma’lumotlar olish uchun EIZ direksiyalariga murojaat qilishingiz mumkin.

EIZ nomlari EIZ direksiyasi mas'ul xodimi Lavozimi Bog‘lanish
EIZ "Navoiy" Fayziev Azamat Ismatovich "Navoiy" EIZ Direksiyasi direktori (+99879) 220-0022
(+99879) 220-0957
djumaev@feznavoi.uz
www.fiez.uz
EIZ "Angren" FSaifnazarov Soxib Ismailovich "Angren" EIZ Direksiyasi direktori (+99871) 150-9332
info@fez.uz
www.fez.uz
EIZ "Jizzax" Abdullaev Alijon Qahramonovich "Jizzax" EIZ Direksiyasi direktori (+99879) 221-0443
fezjizzakh@mail.ru
www.sizjizzakh.uz
EIZ "Hazorasp" Davletov Anvar Kenjaevich "Hazorasp" EIZ Direksiyasi direktori (+99862) 224-6517
fezhazorasp@umail.uz
EIZ "G‘ijduvon" Umarov Farxod Baqoyevich "G‘ijduvon" EIZ Direksiyasi direktori (+99890) 298-6946
EIZ "Urgut" Xaydarov Jamshid Temurovich "Urgut" EIZ Direksiyasi direktori (+99866) 235-6320
(+99866) 235-6320
urguteiz@umail.uz
EIZ "Qo‘qon" Raxmonov Avaz Usmanovich "Qo‘qon" EIZ Direksiyasi direktori (+99891) 373-7220
qoqoneiz@mail.ru